08:56 / 17.04.2021
4 058

Iroqda ISHIDning xazinasi topildi


Iroq xavfsizlik kuchlari Mosul shahridagi uylardan birining vayronalari ostidan qariyb 1,6 million dollar, bir necha kilogramm kumush va tilla tanalarni topishdi. Bu haqda Shafaq news xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, ushbu boyliklar bir paytlar ISHIDga tegishli bo‘lgan va uning g‘aznasida saqlangan. Pullar va qimmatbaho metallar mahalliy aholidan tortib olingani aytilmoqda.

Xufya joydan yirik miqdordagi AQSH dollaridan tashqari 17,5 million Iroq dinori (qariyb 12 ming AQSH dollari), zarb etishga tayyor holatga keltirilgan 15 kilogramm kumush, zarb qilingan yarim kilogramm oltin tangalar va 17,5 kilogramm kumush yombilar topildi. Yana boshqa metallar ham topilgan, ammo ularning turi hozircha aniqlangani yo‘q.

2014 yilga kelib ISHIDchilar Iroq hududining uchdan bir qismini egallab olgan edi. O‘sha yilning iyunida ular Iroqning ikkinchi yirik shahri bo‘lmish Mosulda ham nazorat o‘rnatdi va uni o‘zlarining poytaxti deb e’lon qildi. Mosulni ozod qilish operatsiyasidan keyin bu yerda buzilmagan bino deyarli qolmadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, shaharni qayta tiklash uchun kamida 2 milliard dollar kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iroqda ISHIDning xazinasi topildi