17:30 / 19.04.2021
2 815

Tesla haydovchisi soatiga 160 kilometr tezlikda uylardan biriga borib urilib, omon qoldi


Foto: Local 10
Florida shtatining Miramar shahrida soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlangan Tesla Model S bir nechta daraxt, avtoturargohdagi ikkita avtomobil va yo‘l chetidagi uylardan biriga borib urildi, deb xabar berdi Motor'ga tayanib "Daryo".

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘ngilsiz hodisa Miramar shahridagi 65-avenyuda tonggi soat 04:00 da sodir bo‘lgan. Qora Tesla Model S shu qadar tez harakatlanganidan domofon videokamerasidagi tasvir chaqnoq kabi ko‘ringan — mahalliy politsiyaning ta’kidlashicha, avariya vaqtida elektrokar soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlangan.

Mashina uyga borib urilguniga qadar yo‘lda bir nechta daraxt va avtoturargohdagi avtomobillarga shikast yetkazgan, Mazda 3’ni tom ma’noda pachaqlab ketib, ortida RAM pikapiga ham urilgan. Yapon sedani qayta tiklanishga yaroqsiz holga kelib qolgan, pikapning esa biroz omadi kelgan.

Uyga qattiq zarar yetganidan u yerda yashaydiganlar hozirda ichkariga kiritilmayapti — maxsus ekspertlar komissiyasi binoni tekshirib, tegishli xulosa berishi zarur. Qiziq jihati, elektromobil haydovchisi omon qolgan va u shifoxonaga yetazilgan — hushsiz holatda. Yo‘l-transport hodisasiga aynan nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tesla haydovchisi soatiga 160 kilometr tezlikda uylardan biriga borib urilib, omon qoldi