16:49 / 21.04.2021
2 128

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirish ehtimoli yuqori emas – tahlilchilar


Foto: RIA Novosti
Rossiyaning Ukraina chegarasiga joylashtirilgan qo‘shinlari to‘laqonli hujum qilish uchun yetarli emas, deb hisoblamoqda International Crisis Group (ICG) xalqaro inqiroz guruhi tahlilchilari.

«Chegaraga Rossiya tanklari joylashtirilayotganiga qaramasdan, 2014-2015 yillarda Donbassni larzaga solgan qonli janglarning qaytarilishi ehtimoli yuqori emas», — deya qayd etgan harbiy mutaxassislar.

Tahlilchilarning fikricha, Donbassdagi vaziyatdan norozi Kreml qo‘shinlarni joylashtirish va tajovuzkor nutqi orqali Ukrainani yon bosishga majbur qilmoqchi.

Shu bilan birga, tahlilchilarning ta’kidiga ko‘ra, vaziyatdan xavotirlanishi va tashvish bildirishiga qaramasdan, «G‘arbning hech bir davlati Moskva bilan urush qilishni istamaydi».

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya qo‘shinlarining mamlakat bo‘ylab harakatlanishi boshqa davlatlarga tahdid solmasligini va ularni tashvishlantirmasligi kerakligini aytgan.  

G‘arb davlatlari yetakchilari Rossiyani o‘z qo‘shinlarini Ukraina bilan chegaradan olib ketishga chaqirishmoqda, AQSH va NATO esa Ukraina sharqida vaziyat keskinlashgudek bo‘lsa, Kiyevga yordam berishga tayyorligini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirish ehtimoli yuqori emas – tahlilchilar