23:30 / 21.04.2021
2 706

Olimlar: Global isish Yerni 35 million yil ortga qaytaradi


Foto: «Pixabay.com»
Kelgusi yillardagi global harorat Yerda 35 million yil oldin qayd etilgan darajaga yetadi. Bu haqda Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshidagi Atmosfera fizikasi institutining katta ilmiy xodimi Aleksandr Chernokulskiy ma’lum qildi, deb yozmoqda Tengrinews.

Chernokulskiy ssenariylardan birida global harorat qanday ko‘tarilishi mumkinligini aytib berdi.
«Hozircha biz qo‘llayotgan ‘odatiy biznes’ ssenariysida (issiqxona gazlarining antropogen chiqindilari kamaymaydi) harorat Yerni taxminan 35 million yil ortga qaytaradi», — dedi Chernokulskiy «Ekochashka» ekologik filmlar festivalida so‘zlagan nutqida.

Global harorat iqlim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi, lekin u Yer sayyorasida yana ulkan korkidonlar paydo bo‘lishini anglatmaydi, deb izoh berdi olim.

«Butun tizim boshqacha edi. O‘simliklar, qit’alarning joylashuvi butunlay boshqacha bo‘lgan. U paytda muz miqdori unchalik ko‘p emas edi, okean sathi, atmosferaning kimyoviy tarkibi ham boshqacha edi», — deb qo‘shimcha qildi Chernokulskiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar: Global isish Yerni 35 million yil ortga qaytaradi