09:13 / 23.04.2021
3 659

Ukrainlar rus bosqiniga qarshi birlashmoqda


Kreml Ukrainaga qarshi davlat chegaralarida, Qora dengiz va Azov dengizi havzalarida harbiy harakatlarga hozirlik ko‘rmoqda. Xususan, Ukraina chegarasi yaqinida, Qrim yarimoroli va Donbass viloyatining bosib olingan hududida yirik qo‘shin yig‘ayotgan bo‘lsa, dengiz havzalarida o‘z katerlari va qirg‘oqni mudofaa qilish kemalari vositasida Ukrainaning harbiy va savdo kemalariga qarshi fitna uyushtirishmoqda.

Ruslar 9 may paradiga hozirlik ko‘rish bahonasida Ozarbayjon hududiga qarata qo‘llanilgan “Iskander”larning to‘rtta kompleksini 13 aprel, seshanba kuni Voronej viloyatiga olib o‘tdi. Ushbu operativ-taktik raketa komplekslari endi Ukrainaga qarshi qo‘llash maqsadida qo‘shni davlat chegarasiga olib o‘tiladi.

O‘ris separatistlari bilan Kreml qo‘shini bosib olgan Donetsk aholisidan olingan xabarlarga qaraganda, Donetsk shahriga kirib kelayotgan Moskva qo‘shinining soni kundan kunga oshib bormoqda. Aytishlaricha, Donetsk shahri va uning atrofida asosan Rossiyaning shimolidan, xususan, Kemerovo, Novosibirsk, Komidan olib o‘tilgan harbiy qismlar yig‘ilmoqda.
Bundan tashqari, Donetsk hududiga «Vagner» va «Liga» xususiy harbiy kompaniyalarga qarashli jinoiy tuzilmalar ham yetib kelib, qo‘poruvchilik ishlariga hozirlik ko‘rilyapti.

Ukrainaning ruslar tomonidan bosib olgan hududlarida qaror topgan vaziyat chindan ham tobora og‘irlashib bormoqda.
O‘zga yurtlarda joriy etilgan davlat tilini pisand qilmay, hamma joyda o‘z tilini tiqishtirayotgan rasmiy Moskva o‘ta xavfli shovinistik siyosatini qo‘ymay, qo‘shni davlat Ukraina hududida separatizm bayrog‘ini baland ko‘tarib olgan. Uning reaksion millatchi malaylari, ya’ni O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan beshinchi kolonna bizning yurtimizda ham o‘ris tilini himoya qilish bahonasida jangovar platsdarm tayyorlamoqda.

Xususan, ayrim qulog‘iga sirg‘a taqqan, tabiatan geysifat o‘riszabon blogerlar va ularning muxlislari yurtimizning o‘zbek tili va o‘zbek xalqining milliy odobi masalasida tashabbus ko‘rsatayotgan har qanday senator, deputat, hokim yoki amaldorni ijtimoiy saytlar orqali xalqaro maydonda badnom qilishga urinishmoqda, aholi orasida reaksion o‘ris millatchiligi, o‘ris separatizmiga moyillik kayfiyatini qaror toptirishga harakat qilishmoqda. Chunki ular ukrainlarni bir yoqli qilgan rasmiy Moskva kun o‘tib bir kun O‘zbekiston bilan ham «jiddiy shug‘ullanishi»dan umidvor.

Ukrain xalqi esa milliy qonunlari ila rasman tajovuzkor davlat sifatida e’tirof etilgan Rossiyaning tumonat qo‘shini tahdid solayotganiga qaramay, qo‘rqmasdan, o‘ris tajovuzini qarshi olishga, yurtiga bostirib kelgan o‘ris okkupantlarini quvib solishga tayyor. Buning uchun butun xalq bir yoqadan bosh chiqarmoqda, ichki siyosiy kuchlar ham o‘zaro ziddiyatlarni bir chetga qo‘yib, Vatan bayrog‘i atrofida jipslashmoqda. Ukrain xalqining vatanparligini, shijoati va dushman ustidan g‘alaba qozonishiga bo‘lgan komil ishonchini ko‘rgan taraqqiyparvar davlatlar ushbu respublikaga o‘ris bosqiniga qarshi kurashda atroflicha yordam berishmoqda.

Nima uchun ukrain xalqi bunday mardlik ko‘rsatmoqda? Ularni o‘risday yovuz dushmanga qarshi kurashga nima jipslashtirdi? 
Ukrain xalqini, uning turli tabaqalari o‘rtasida ichki ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar hukm surishiga qaramay, umumiy dushmanga qarshi kurashga o‘z ona tili – ukrain tiliga bo‘lgan cheksiz hurmat va muhabbati birlashtirdi!
Naqadar go‘zal, havas qilsa arzugulik omil!
Shunday emasmi?
 
Shokir Dolimov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainlar rus bosqiniga qarshi birlashmoqda