10:46 / 23.04.2021
3 810

Dunyoning eng qimmat shahrida o‘n minglab uylar bo‘shab qoldi


Foto: «RBK»
Dunyoning eng qimmat shahri hisoblangan Xitoyning maxsus ma’muriy hududi Gonkong shahrida o‘n minglab uylar bo‘shab qoldi. Kelajakda bu holatning davom etishi va ijara to‘lovlarining arzonlashishi kutilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar hukumatning milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunni qabul qilganidan keyin aholining Buyuk Britaniyaga ko‘chib ketishi bilan izohlanmoqda. Bu haqda Bloomberg Intelligence hisobotida ma’lum qilindi.

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Gonkongda 2020 yil davomida 52 mingta uy bo‘shab qolgan. 2021 yilda esa bu ko‘rsatkich 18 yil oldin qayd etilgan eng yuqori natijani yangilashi mumkin. South China Morning Post gazetasining ma’lumot berishicha, agar ko‘chmas mulk egalarining bir foizi ko‘chib ketsa, uylarning 5,4 foizi bo‘shab qoladi. Natijada jami 66 mingta uy egasiz qolishi, ijara to‘lovi 10 foizga arzonlashishi mumkin.

Ba’zi oilalar ko‘chib ketishdan oldin uyini ijaraga bermay, sotib yuboradi. Sharlotta So ismli ayol turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li bilan Kingston shahriga (Buyuk Britaniya) ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Ular Gonkongga qaytishni rejalashtirmagani uchun uyini me’yoridan pastroq narxda sotib yubordi.

«Muhit, qonun va saylov tizimlari, ta’lim tizimi doim o‘zgarib turadi. Biz o‘zimizni Gonkongga begonadek his qilamiz, yaqin ikki yil ichida bunday o‘zgarishlar hali ko‘p bo‘lishi mumkin. Buyuk Britaniya bola tarbiyasi uchun ma’qulroq va 40 dan oshganlar uchun qulayroq mamlakat», — deb izohladi u o‘z qarorini.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng qimmat shahrida o‘n minglab uylar bo‘shab qoldi