23:55 / 23.04.2021
1 278

Italiyada e’tiborsiz haydovchi 400 ming dollarlik Ferrari’sini ko‘lga cho‘ktirib yubordi

Italiyada e’tiborsiz haydovchi 400 ming dollarlik Ferrari’sini ko‘lga cho‘ktirib yubordi

Foto: Formula Passion
Internetda Shimoliy Italiyada suvga cho‘kib ketayotgan 400 ming dollarlik qora Ferrari 812 GTS tomida o‘tirgan erkakning surati tarqaldi, deb xabar beradi Motor.

Ferrari egasi superkarida Shimoliy Italiyada joylashgan ko‘llardan biriga kelgan. Avtomobildan tushish vaqtida erkak 812 GTS’ning tormozini tortishni unutib, rodster uzatmalar qutisini neytral holatda qoldirgan. Haydovchining xatoligi oqibatida qiyalikka joylashtirilgan superkar ko‘lga tushib ketgan.

Ferrari’si harakatlanayotganini ko‘rgan haydovchi uni to‘xtatishga uringan. Biroq uning qo‘lidan hech narsa kelmagan. E’tiborsiz avtomobil egasi sabab 400 ming dollarli mashina suvdan evakuator yordamida chiqarib olingan. Ko‘l u qadar chuqur emasligi sabab haydovchining omadi kelgan, aks holda 812 GTS’ni qayta tiklab bo‘lmas edi.

Ferrari 812 GTS Italiya markasining oddiy yo‘llarga mo‘ljallangan eng kuchli modeli hisoblanadi. Superkarga 800 ot kuchi va 718 Nm aylanuvchi momentni taqdim etishga qodir 6,5 litrli V12 dvigateli o‘rnatilgan. Rodster soatiga 100 kilometr tezlikka 2,9 soniyada erishadi. Maksimal tezligi — 340 kilometr/soat.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Italiyada e’tiborsiz haydovchi 400 ming dollarlik Ferrari’sini ko‘lga cho‘ktirib yubordi