00:20 / 24.04.2021
2 844

Zimbabve turizmdan daromad kamayib ketgani sababli 500ta filni otishga ruxsat beradi


Foto: Reuters
Zimbabve yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan Afrika fillaridan 500tasini otishga litsenziyalarni sotuvga qo‘yadi. Mamlakatning bog‘lar va yovvoyi tabiat boshqarmasi vakili Tinashe Faravoning ta’kidlashicha, bunday qadamni amalga oshirishga pandemiya sababli turizmdan olinadigan daromad kamayib ketgani asosiy sabab hisoblanadi.

«Bizda faoliyatimizga 25 mln dollarlik budjet bor. Ushbu mablag‘ qisman sport ovidan olinadi, biroq hozirda pandemiya sababli turizm deyarli o‘lgan», deb tushuntirgan Faravo.

Mamlakat hukumati Afrika o‘rmon fili yo‘qolib ketish xavfi ostida ekani e’lon qilingandan bor-yo‘g‘i bir necha hafta o‘tib bunday bayonot berdi.

Zimbabvening atrof-muhitni va inson huquqlarini muhofaza qilish guruhi matbuot kotibi Simiso Mlevu hukumatning ushbu qarorini qo‘llab-quvvatlamasligini aytgan. «Biz bunday ovga qarshimiz. U inson va yovvoyi tabiat o‘rtasidagi ixtilofni keskinlashtiradi», deb aytgan Mlevu.

Uning ta’kidlashicha, mamlakat daromadlarini oshirishning innovatsion va ekologik xavfsiz choralarini izlash lozim.
Zimbabve fillarga pullik ov ruxsat berilgan Afrikadagi yagona davlat emas. Namibiyada 2020 yil dekabrda qo‘riqxonalarda fillar ko‘payib ketgani va qurg‘oqchilik sababli 170ta fil sotuvga qo‘yilgan.

Afrika fili quruqlikda yashovchi eng katta hayvon hisoblanadi. Jahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, Afrika fillari yashaydigan maydon tobora qisqarib bormoqda. Ushbu maydon 1979 yildagi 7,8 mln kvadrat kilometrdan hozirda 2,6 mln kvadrat kilometrgacha qisqarib ketgan. Bu asosan ekin maydonlari kengaytirilishi hisobiga yuz bermoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zimbabve turizmdan daromad kamayib ketgani sababli 500ta filni otishga ruxsat beradi