23:50 / 26.04.2021
2 788

Xitoy AQSH sanksiyalari ostida qolgan Rossiyani qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi


Foto: EPA / Van Benbin
Xitoy bir tomonlama sanksiyalar va ulardan foydalanish tahdidlariga qarshi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin AQSHning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari to‘g‘risida fikr bildirish mobaynida aytib o‘tdi, deb yozadi «RBK».

«Biz bir tomonlama sanksiyalarni o‘zboshimchalik bilan joriy qilish yoki ulardan foydalanish tahdidiga qarshimiz», — dedi Venbin.
Uning ta’kidlashicha, Xitoy va Rossiya bir-biri bilan umumiy hamkorlik munosabatlarini saqlab kelmoqda. Ular davlat suverenitetini himoya qilish masalasida bir-biriga ko‘mak beradi.

15 aprel kuni Amerika prezidenti Jo Bayden Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. Yangi sanksiyalar Rossiyaning AQSHdagi 2020 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashishi, AQSH hukumat idoralariga qilingan kiberhujum va Rossiyaning Afg‘onistondagi amerikaliklarga qarshi «Tolibon» jangarilari bilan til biriktirgani bilan bog‘liq.

Shuningdek, AQSH o‘nta rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Polsha, Britaniya va NATO AQSHning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatladi. Xitoy esa sanksiyalarini «bir tomonlama» deb atab, ularni qoraladi.

AQSH yangi sanksiyalarni qo‘llaganidan keyin Rossiya darhol javob choralari ko‘rilishini e’lon qildi. Moskva AQSH ma’muriyatining olti nafar amaldagi va ikki nafar sobiq yuqori lavozimli amaldorlariga mamlakatga kirishni taqiqlab qo‘ydi.

Bundan tashqari, Moskva AQSH elchisi Jon Sallivanga «maslahatlashish uchun» Vashingtonga jo‘nab ketishni maslahat berganidan keyin elchi ham vataniga qaytib keldi. Davlat departamentining xabar berishicha, Sallivan bir necha hafta AQSHda bo‘ladi. Elchining so‘zlariga ko‘ra, u Putin va Baydenning ehtimoliy uchrashuvidan oldin Moskvaga qaytishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy AQSH sanksiyalari ostida qolgan Rossiyani qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi