13:27 / 27.04.2021
3 238

Diyego Maradona o‘limining yangi tafsilotlari oshkor etildi


Foto:«Profile»
Shifokorlar sobiq futbolchi Diyego Maradonaning o‘limining aniq vaqti xususida xulosaga keldilar. Aniqlanishicha, u jonlantirish bo‘limiga keltirilishdan bir necha soat oldin vafot etgan bo‘lgan. Bu haqda TN telekanali o‘lim sabablarini aniqlagan tibbiy komissiya ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Komissiyaga ko‘ra, Maradona 25 noyabr kuni soat 4:00 dan 6:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, uyqu vaqtida vafot etgan. Bu esa o‘sha paytda chaqirilgan tez yordam shifokorlarning harakatlari va guvohlarning ko‘rsatmalariga zid.

Voqea joyiga yetib kelgan shifokor o‘lim 13:15 da qayd etilgani haqida aytgan, bundan oldin Maradonani 45 daqiqa davomida jonlantirishga urinishgan. Biroq uning tanasi allaqachon sovugan edi, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, ushbu ishda ishtirok etgan hamshiralardan biri Dayana Madrid Maradonaning ertalab uyg‘ongani to‘g‘risida yolg‘on ko‘rsatma bergan.

Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020 yil 25 noyabrda 60 yoshida vafot etgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Diyego Maradona o‘limining yangi tafsilotlari oshkor etildi