09:54 / 28.04.2021
2 046

Koronavirus pandemiyasiga qarshi eng samarali kurash olib borayotgan davlatlar reytingi tuzildi


Foto: Google Images
Bloomberg agentligining koronavirus pandemiyasiga qarshi eng samarali kurash olib borayotgan mamlakatlar reytingida Singapur yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi Meduza.

Bu reyting 2020 yilning noyabr oyida tuzilgan bo‘lib, har oyda yangilanib boradi. Reyting qaysi mamlakatlar eng kam ijtimoiy va iqtisodiy asoratlar bilan pandemiyaga qarshi samarali kurashayotganini ko‘rsatadi.

Reytingdan iqtisodiyot hajmi bo‘yicha dunyodagi eng yirik 53 ta mamlakat joy olgan. Bloomberg ulardagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni 10 ta parametr bo‘yicha tahlil qiladi, bu parametrlar kasallanish va o‘lim darajasi, testlar va vaksinatsiya surati, shuningdek, harakatlanish erkinligini o‘z ichiga oladi.

2021 yilning aprel oyida Singapur mamlakatda vaksinatsiya sur’atining tezligi sababli reytingda Yangi Zelandiyani ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi.

Yangi Zelandiya esa ikkinchi pog‘onaga tushib qoldi. Shuningdek, Avstraliya uchinchi, Isroil to‘rtinchi, Tayvan beshinchi o‘rinni band etdi. Reytingning oxirgi uch pog‘onasini Argentina, Polsha va Braziliya egalladi.

Ma’lumot uchun, Isroilda oxirgi ikkita koronavirusdan davolanish bo‘limi ham yopildi, bemorlar esa davolanish uchun statsionar bo‘limlarga o‘tkazildi. Mamlakatda koronavirusga chalinganlarni davolovchi bo‘limlar bir necha hafta oldin yopila boshlagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus pandemiyasiga qarshi eng samarali kurash olib borayotgan davlatlar reytingi tuzildi