16:27 / 29.04.2021
3 033

Qirg‘iz-tojik chegara hududida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda


Qirg‘iz-tojik chegara hududida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan otishma natijasida o‘qotar qurollardan yaralangan to‘rt kishi shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Qirg‘izistonning Botken viloyati rahbarining o‘rinbosari Ma’rufxon Tulayevga tayanib «Interfaks» xabar qilmoqda.

«Qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat nazoratdan chiqib ketdi. Ayni paytda otishma davom etmoqda, xavfsizlik kuchlari tshxtovsiz o‘q uzmoqda», degan Tulayev.

Unga ko‘ra, birinchi bo‘lib tojik tomoni o‘q uzgan, shundan so‘ng Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari o‘q otishni boshlashgan. «Yangi yaralanganlar bor, tez yordam shifokorlari joyida ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, yaqin atrofdagi kasalxonalarga yuborishmoqda», deb qo‘shimcha qiladi Tulayev.

Shu bilan birga, Tojikiston Davlat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot markazi avvalda Qirg‘iziston harbiylari tojik chegarachilariga qarata o‘q uzganligi haqida bayonot tarqatgan.

Unga ko‘ra, voqea 29-aprel kuni Isfara shahri yaqinidagi Isfara daryosining yuqori qismida joylashgan «Golovnay» suv taqsimlash punkti hududida sodir bo‘lgan.

Shu munosabat bilan Qirg‘iziston Davlat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Qirg‘izistonni Tojikiston bilan ilgari tuzilgan kelishuvlarni buzganlikda ayblagan va «Golovnaya» punktini noqonuniy ravishda tortib olishga harakat qilayotganini bildirgan.

Hujjatda 1924-1927 yillardagi va 1989 yilgi xaritalarga ko‘ra, ushbu ob’ekt to‘liq Tojikistonga tegishli bo‘lib, 1968 yildan buyon Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan chegaradosh viloyatlarni sug‘orish va suv ta’minoti uchun ishlatilganligi esga olinadi.
Qirg‘izistonning Botken viloyati aholisi voqea joyidan olingan videoxabarni tarqatishmoqda, u yerda doimiy o‘q ovozi eshitilmoqda. Mojaro sodir bo‘lgan joyda og‘ir harbiy texnika olib borilmoqda.

Shu bilan birga, Botken viloyati aholisini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Bishkekda bo‘lib o‘tgan mitingda yuzga yaqin kishi qatnashgan. Namoyishchilar Bosh vazir Ulug‘bek Maripov, Milliy Xavfsizlik Davlat Qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev va Prezident Sadir Japarovlardan ularning oldiga chiqishni talab qilmoqda.

Shuningdek, ular Botken viloyatiga mamlakat chegaralarini himoya qilish uchun boradigan ko‘ngillilar ro‘yxatini tuzishni taklif qilishgan.
Boshqarma boshlig‘i esa Qamchibek Tashiyev 28 aprel kuni davolanish uchun chet elga uchib ketgani haqida xabar bergan.
Qirg‘iz-tojik davlat chegarasidagi vaziyat payshanba kuni ertalab keskinlashgan.

«29 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:40 da Qirg‘izistonning Botken viloyati Kocho-Boyu hududida  vaziyat keskinlashdi. Tojikiston tomoni ov miltig‘idan Qirg‘iziston fuqarolarining o‘tayotgan transport vositalariga qarata o‘t ochishdi», deyiladi Davlat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarda.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston chegara xizmati Tojikiston fuqarolari Qirg‘iziston fuqarolari va ularning uylariga tosh otayotganini ta’kidlamoqda.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro paytida uch qirg‘izistonlik jarohatlangan.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, faqat to‘rt kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan, ulardan uch nafari kasalxonaga yotqizilgan, bir kishi otishmada o‘q tekkan va uning ahvoli og‘ir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iz-tojik chegara hududida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda