09:09 / 30.04.2021
2 212

Sadir Japarov qirg‘iz-tojik mojaroci yuzasidan bayonot berdi

Sadir Japarov qirg‘iz-tojik mojaroci yuzasidan bayonot berdi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Tojikiston bilan chegaradagi vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Japarov Qirg‘izistonning barcha aholisini, birinchi navbatda siyosiy kuchlar va ommaviy axborot vositalarini tinch bo‘lishga, provokatsiyalarga berilmaslikka, dushmanlik va ixtilofni qo‘zg‘atmaslikka chaqirdi.

Biz har doim tojik birodarlarimiz bilan til topishamiz va barcha masalalarni faqat qadimiy zaminimizdagi yaxshi qo‘shnichilik manfaatlari va roziligini hisobga olgan holda hal qilamiz”, - dedi Qirg‘iziston Prezidenti.

Qirg‘iziston rahbari ta’kidlashicha, xavf mojaroni ichkaridan tutashtirmoqchi bo‘lgan shaxslar tomonidan yuzaga kelgan. Japarov barcha siyosiy kuchlarni tiyilishga chaqirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Sadir Japarov qirg‘iz-tojik mojaroci yuzasidan bayonot berdi