13:28 / 01.05.2021
2 415

Qirg‘izistonda ikki kunlik motam e’lon qildi


1-2 may kunlari Qirg‘izistonda Tojikiston bilan chegaradagi mojaroda halok bo‘lganlar xotirasiga motam e’lon qilindi.
«Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov farmonni imzoladi, unga ko‘ra 2021 yilning 1-2 may kunlari Qirg‘iziston Respublikasida milliy motam kunlari deb e’lon qilindi», deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Motam kunlari butun mamlakat bo‘ylab, shuningdek xorijdagi diplomatik va konsullik idoralari binolarida davlat bayroqlari tushiriladi, madaniyat muassasalari va telekanallarda ko‘ngilochar tadbirlar va dasturlarni bekor qilish tavsiya etiladi.

Qirg‘iziston hukumati mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda qurbonlar va jarohatlanganlarning oilalariga yordam ko‘rsatish uchun choralar ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, 29 aprel kuni Qirg‘iziston va Tojikistonning chegara hududlari mahalliy aholisi o‘rtasidagi ziddiyat ikki mamlakat harbiylari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvga aylanib ketdi. Qirg‘iziston va tojik chegarachilari o‘rtasida to‘qnashuvlar olti soatdan ko‘proq davom etdi. Ikkala tomondan 40 nafarga yaqin odam halok bo‘ldi, 200 dan ortiq kishi yaralandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda ikki kunlik motam e’lon qildi