00:20 / 03.05.2021
3 353

Xitoyda yuz bergan shiddatli shamol to‘xtab turgan samolyotni burib yubordi (video)


Xitoyning sharqiy qismiga bo‘ron yog‘ildi, oqibatda 11 kishi halok bo‘lib, 102 kishi jabrlandi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar daryoda cho‘kib ketgan yoki daraxt va elektr ustunlari qulab tushishi oqibatida qurbon bo‘lgan.
To‘qqiz kishi bedarak yo‘qolgan — baliqchi kema ag‘darilib ketishi oqibatida 11 kishi suvga tushib ketgan, ularning ikki nafari qutqarib olingan, qolganlar qidirilmoqda.

Tabiiy ofat aks etgan videolar internet foydalanuvchilari tomonidan tarqatilmoqda. Ulardan birida kuchli shamol Nantun shahridagi aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagida to‘xtab turgan katta yo‘lovchi samolyotini burib yuborganini ko‘rish mumkin.

Ta’kidlanishicha, shahardagi ko‘plab uylar jiddiy zarar ko‘rgan. Ofat tufayli uch mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda yuz bergan shiddatli shamol to‘xtab turgan samolyotni burib yubordi (video)