Foto: dialog.ua
Rossiya tajovuzi sababli mulki va daromadidan ajralgan Ukraina korxonalari 12ta tijorat arbitrajiga 4,5 mlrd dollardan ortiqroq da’vo arizalari berdi, dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Yenin Dom telekanali efirida.
«Biz o‘z mulki va daromadini yo‘qotgan korxonalarimizning arbitrajga murojaat qilishi va Rossiyadan barcha yo‘qotganlarini undirib olishini faol qo‘llab-quvvatlaymiz», – deb ta’kidladi Yenin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki ijobiy natijalar bor. «Uchta da’vo bo‘yicha dastlabki ijobiy qarorlar bor. Bu 250 mln dollar atrofida», – dedi u.
Yeninning aytishicha, Ukraina bu bilan to‘xtamoqchi emas va «asosiy da’volar hali oldinda». U vaqti kelib Rossiya da’volar bo‘yicha bir necha milliard dollar to‘lashiga ishonch bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi