10:27 / 04.05.2021
1 444

Alisher Usmonov — Rossiya boylari reytingida «kuchli beshlik»da

Alisher Usmonov — Rossiya boylari reytingida «kuchli beshlik»da

Foto: «Cnews»
Bloomberg Billionaires Index «Nornikel» tog‘-metallurgiya kompaniyasi egasi va prezidenti Vladimir Potaninni Rossiyaning eng boy odami, deb topdi.

Potaninning boyligi hozirda 32,1 mlrd. dollarni tashkil etyapti. Yil boshidan beri $622 mln. zarar ko‘rgan, ammo ikki milliarddan ko‘proq daromad olgan.

Ikkinchi o‘rinda Novolipetsk metallurgiya kombinati (NLMK) bosh benefitsiari Vladimir Lisin — $28,4 mlrd. boylikka ega.

«Kuchli beshlik»dan Aleksey Mordashov ($28,4 mlrd.), Leonid Mixelson ($27,9 mlrd.) va Alisher Usmonov $20,3 mlrd.) o‘rin olgan. Usmonov global reytingda 90-o‘rinda.

Rus boylari reytingidagi yagona ayol — «Wildberries» internet-do‘koni asoschisi Tatyana Bakalchuk. 2021 yil boshidan beri $443 mln. ishlab, jami boyligi $9,53 mlrd.ga yetgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov — Rossiya boylari reytingida «kuchli beshlik»da