08:00 / 05.05.2021
3 574

Yerga Xitoyning nazorati yo‘qotilgan fazoviy raketasi qulamoqda


Yerga Xitoyning nazorati yo‘qotilgan 21 tonnalik «Chanchjen-5» fazoviy raketasi qulamoqda. Astrofiziklarning ta’kidlashicha, raketa qayerga tushishini oldindan aytish ilojsiz.

U biror bir aholi punktiga tushishi ham ehtimoldan xoli emas. Raketa aprel oxirida orbitaga Xitoyning birinchi koinot stansiyasi – «Tyanxe»ning asosiy modulini yetkazgandi. Endilikda raketaning markaziy moduli Yer atrofida 27,6 ming km/soat tezlik bilan erkin aylanib, tobora pastlamoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qurilma Yerga 8 maydan 12 maygacha oraliqda tushishi mumkin. Biroq uning Yer bilan aniq to‘qnashish vaqtini bundan 6 soat oldingina aytish mumkin bo‘ladi.

«Eng yomon vaziyatda bu kichik samolyotning qulashidek bo‘ladi. Uning bo‘laklari yuzlab kilometrlarga sochilib ketishi mumkin», deb aytgan Garvard-Smitson astrofizika markazi mutaxassisi Jonatan Makdauell.

Uning ta’kidlashicha, raketa atmosferaning zich qatlamlariga qaytganidan keyin uning qanday qismlari qolishi noma’lum, biroq ular «ziyon yetkazish uchun yetarli bo‘ladi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yerga Xitoyning nazorati yo‘qotilgan fazoviy raketasi qulamoqda