11:16 / 05.05.2021
1 686

Liverpulda tajriba uchun 5 ming tomoshabin ishtirokida konsert uyushtirildi


Angliyaning Liverpul shahrida hukumatning tajriba loyihasi doirasida besh ming nafar tomoshabin konsertda ishtirok etdi, tadbir ijtimoiy masofa va himoya niqoblari talabisiz, maxsus qurilgan ulkan chodir ichida bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda BBC.

Ushbu konsert Buyuk Britaniya hukumatining ommaviy tadbirlarni qanday qilib xavfsiz tarzda tashkil etish mumkinligini o‘rganish bo‘yicha rasmiy tashabbuslaridan biri bo‘ldi. Konsertdan bir kun oldin tomoshabinlarning koronavirusga test topshirishi talab etildi.

Agar test natijalari manfiy bo‘lsa, ularning konsertda ishtirok etishiga ruxsat berildi.
Ommaviy tadbirning COVID-19 tarqalishiga ta’sirini bilish uchun tomoshabinlar konsertdan besh kun o‘tgach yana test topshiradi.

Bundan tashqari, olimlar harakatlanish, tomoshabinlarning o‘zaro munosabati, havoning sifati, konsertning davomiyligi, oziq-ovqat va alkogol iste’moli kabi boshqa omillarni ham inobatga oladi. Ular 21 iyundan boshlab ijtimoiy aloqalardagi cheklovlarni olib tashlashni ko‘zda tutuvchi karantinni yumshatish choralarining to‘rtinchi bosqichi bolshanganida Buyuk Britaniyada yozgi musiqiy festivallarning qanday o‘tkazilishi mumkinligini aniqlamoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich bekor qilmoqda. Cheklovlarni olib tashlashning navbatdagi bosqichi 17 mayga rejalashtirilgan. Shu kundan boshlab Buyuk Britaniya, shuningdek, chet davlatlar bilan aviaparvozlarni qayta tiklanishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Yevropada 2021 yil pandemiya sharoitida keng omma uchun o‘tkazilgan Barselonadagi ilk rok-konsertlardan biri koronavirusning yangi o‘chog‘iga aylanmadi, deb ma’lum qildi epidemiologlar. Tomoshabinlar virusga qarshi emlanmagan va ijtimoiy masofaga rioya qilmagan, lekin konsert oldidan test topshirgan va FFP2 respiratorlarini taqib olgan.

Tadqiqot natijalari Barselonadagi Germans Trias i Pujol universiteti shifoxonasining shifokorlari tomonidan taqdim etildi, deb yozmoqda Euronews. Ular 27 mart kuni Palau Sant Jordi sport arenasida 5 ming tomoshabin ishtirokida bo‘lib o‘tgan konsertning natijalarini tahlil qildi.

Lekin Ispaniyaning Pamplona shahri rahbari Enrike Mayya koronavirus pandemiyasi sababli ketma-ket ikkinchi yil San-Fermin festivalini bekor qildi. Uning ta’kidlashicha, bu qaror koronavirus tarqalishining yuqori xavfi va mintaqadagi vaksinatsiyaning past darajasi bilan bog‘liq.

Shuningdek, Bloomberg agentligi koronavirus pandemiyasiga qarshi eng samarali kurash olib borayotgan mamlakatlar reytingida Singapur yetakchilik qilayotganini aytdi. 2021 yilning aprel oyida Singapur mamlakatda vaksinatsiya sur’atining tezligi sababli reytingda Yangi Zelandiyani ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Liverpulda tajriba uchun 5 ming tomoshabin ishtirokida konsert uyushtirildi