15:21 / 05.05.2021
981

Japarov qo‘shnilar bilan chegara masalasini yil oxirigacha hal qilishini aytdi

Japarov qo‘shnilar bilan chegara masalasini yil oxirigacha hal qilishini aytdi

Qirg‘iziston chegaraning belgilanmagan uchastkalari masalasini yil oxirigacha hal qiladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov konstitutsiya kuni munosabati bilan qilgan chiqishida aytdi.

«Biz qo‘shni mamlakatlar bilan chegara masalalari bo‘yicha yil oxirigacha kelishuvga erishishni maqsad qilganmiz», - deb ta’kidladi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston qo‘shni mamlakatlarga transport yo‘laklari va havo qatnovi, chegaradagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha qator davlatlararo loyihalarni taklif etish niyatida.

Japarov shuningdek, respublika Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilishda davom etishini va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Japarov qo‘shnilar bilan chegara masalasini yil oxirigacha hal qilishini aytdi