21:33 / 05.05.2021
4 195

Fransiyada er ko‘chaning o‘rtasida xotinini tiriklayin yoqib yubordi


Foto: «1obl.ru»
Fransiyada erkak o‘z xotinining ustidan tez yonadigan suyuqlik quyib, ko‘chaning o‘rtasida tiriklayin yoqib yubordi. Bu haqda Sud Ouest nashri xabar berdi.

Dastlab yovuz niyatli kishi rafiqasi va uch farzandi bilan yashagan uyini yoqib yuborgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ayol yonayotgan binodan qochib qutulishga muvaffaq bo‘lgan, ammo eri unga yetib olgan va unga qarata o‘q uzgan. Ayol yiqilib tushganda avtomobildan kanistrni olib, turmush o‘rtog‘ining ustiga yonuvchan suyuqlik quygan va yoqib yuborgan.

Qayd etilishicha, hodisa sodir bo‘lgan paytda er-xotinning bolalari uyda bo‘lishmagan. Jinoyatchi qo‘lga olingan. U avval ham oiladagi zo‘ravonlik uchun jazoni o‘tab chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada er ko‘chaning o‘rtasida xotinini tiriklayin yoqib yubordi