08:00 / 06.05.2021
2 441

BAAda avtomobil raqami 10 mln dollardan qimmatroqqa sotildi


Foto: Balthazar Korab
Birlashgan Arab Amirliklarida avtomobilning ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlat raqami millionlab dollarga sotildi, deb xabar beradi «Govorit Moskva».

«AA9» davlat raqami xayriya kechasida o‘z ismini oshkor etishni istamagan inson tomonidan xarid qilingan. Ushbu raqam uchun u 10 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xayriya tadbirida BAA bosh vaziri va Dubay hukmdori Muhammad ibn Rashid Ol Maktum ham ishtirok etgan. Ta’kidlanishicha, xayriya kechasida tushgan mablag‘larning barchasi, ya’ni 13,2 million dollar kambag‘allarga yordam ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda BAAning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan auksionda Ahmad al-Marzuqi ismli tadbirkor o‘z avtomobili uchun o‘n million dirhamga (qariyb uch million dollar) raqam sotib olgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAAda avtomobil raqami 10 mln dollardan qimmatroqqa sotildi