10:30 / 06.05.2021
2 140

Lukashenko ommaviy ravishda Belorus kuch ishlatar tizimlari xizmatchilarini unvonlaridan mahrum qildi


Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenko ichki ishlar idoralarining sobiq xodimlari va harbiy xizmatchilarini harbiy va maxsus unvonlardan ommaviy ravishda mahrum qildi. U bu boradagi tegishli farmonni 4 may, seshanba kuni imzoladi, deya xabar bermoqda «BelTA» axborot agentligi.

Ta’kidlanishicha, bu xavfsizlik xizmatining 80 dan ortiq amaldorlariga tegishli. Hujjat matniga ko‘ra, ular mamlakatda ijtimoiy-siyosiy vaziyatning og‘irlashishi davridagi «harakatlari» uchun unvonlaridan mahrum etilgan.

«Ayrim harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari jamiyatdagi norozilik kayfiyatini qamchiladilar, ruxsatsiz tadbirlarni uyushtirdilar va qatnashdilar, Internetda ekstremistik materiallarni joylashtirdilar va radikal choralar ko‘rishga chaqirdilar», deyiladi hujjat matnida.

Shuningdek, ushbu shaxslar jurnalistlar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va davlat xizmatchilarining shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etishda gumon qilinmoqda. Xavfsizlik xizmatining sobiq amaldorlarining ayrimlariga qarshi allaqachon jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. «Bunday harakatlar harbiy xizmatchi va xavfsizlik bo‘limi xodimi maqomiga mos kelmaydi», deyiladi hujjatda.
Ma’lum qilinishicha, bunday tadbir tashabbuskorlari huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari bo‘lgan.

Belorusda norozilik namoyishlari 2020 yil 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin davom etmoqda. Namoyishlar xavfsizlik kuchlari tomonidan bostirilmoqda. O‘n minglab odamlar hibsga olingan. Xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvlarda to‘rt kishi halok bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko ommaviy ravishda Belorus kuch ishlatar tizimlari xizmatchilarini unvonlaridan mahrum qildi