11:00 / 06.05.2021
2 485

Musulmon bo‘lmagan politsiyachi Ramazon oyida ro‘za tutadi


Janubiy Manchester shahridagi musulmon bo‘lmagan politsiyachi Ramazon oyi davomida ro‘za tutadi. 38 yoshli serjant Kevin Gammond Ramazon oyida musulmon hamkasbi 34 yoshli serjant Qosim Hanifni qo‘llab-quvvatlash uchun ro‘za tutishni boshlagan.

"Ro‘zadan oldingi kunlarda Qosim bu haqda gapirganida men shunchaki "men ham sizlar bilan birga ro‘za tutaman" deb aytgan edim", — deydi musulmon bo‘lmagan politsiyachi.

Garchi u ertalabki kofeni sog‘inmib, kechki ovqatini kechroq tanovul qilsa-da, Gammond Ramazon oyi davomida ro‘za tutishga ahd qilgan.
Serjant Hanif do‘stining qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdor va uning sodiqligini yuqori baholab: "Men Kevinning ro‘zasini juda qadrlayman, chunki biz kichik idorada ishlaymiz va uning tushlik qilayotganini ko‘rish qiyin bo‘lar edi!" — deydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Musulmon bo‘lmagan politsiyachi Ramazon oyida ro‘za tutadi