17:57 / 06.05.2021
3 014

Butunjahon vaksina kongressida koronavirusga qarshi eng yaxshi vaksina aniqlandi


Foto: Reuters
AQSHning Moderna kompaniyasiga tegishli preparat chorshanba kuni Vashingtonda pandemiya tufayli videoaloqa orqali bo‘lib o‘tgan Butunjahon vaksina kongressida (World Vaccine Congress Washington 2021) dunyoda COVID-19’ga qarshi eng yaxshi vaksina deb tan olindi.

Infeksiya tarqalishidan oldin har yili Vashingtonda o‘tkazilgan forumda Moderna preparati «COVID’ga qarshi eng yaxshi vaksina» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. AQSHning Pfizer kompaniyasi germaniyalik sherik BioNTech bilan birgalikda ishlab chiqqan vaksina esa «juda yuqori baholandi». Nominatsiyalar qisqa ro‘yxatiga «Sputnik V», shuningdek AstraZeneca Britaniya-Shvetsiya kompaniyasi tomonidan Oksford universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan preparat ham kiritildi.

Moderna, shuningdek, «Vaksinalar uchun eng yaxshi yangi texnologiya/platforma» mukofotiga sazovor bo‘ldi. BioNTech bu nominatsiyada ham «juda yuqori baho oldi».

Ko‘p yillardan buyon Butunjahon vaksina kongressida preparatlar ishlab chiqish va tarqatish bilan shug‘ullanadigan xalqaro ekspertlar va olimlar ishtirokida turli konferensiyalar o‘tkazilib kelinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Butunjahon vaksina kongressida koronavirusga qarshi eng yaxshi vaksina aniqlandi