09:00 / 08.05.2021
4 365

Turkiyada yalang‘och holda suratga tushgan ukrainalik ayollar qo‘lga olindi

Turkiyada yalang‘och holda suratga tushgan ukrainalik ayollar qo‘lga olindi

Turkiyada yaxtada yalang‘och holda suratga tushgan ukrainalik ayollar qo‘lga olindi. Bu haqda RIA Novosti xabariga asosan Sputnik ma’lum qildi.

Ayollardan birining so‘zlariga ko‘ra, u do‘stlari bilan Mugla viloyatining Gechek shahri sohilidagi yaxtada suzib yurishgan. Turistlar yalang‘och holga fotosessiya uyushtirishga qaror qilishdi.

Ularni yaqin atrofda bo‘lgan kemadan videoga olishdi, video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi. Bu o‘z navbatida turk OAVlarida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Hodisadan so‘ng politsiya sayyohlarni so‘roqqa chaqirtirdi. Ukrainalik ayol yaqinda Dubayda shunga o‘xshash hodisa haqida eslatdi. Unda Dubai Marina kurort maskanidagi ko‘p qavatli binoning balkonida 40 nafar ayol ishtirokida intim-fotosessiya uyushtirilgandi.
Fotosessiya barcha ishtirokchilari mamlakatdan deportatsiya qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada yalang‘och holda suratga tushgan ukrainalik ayollar qo‘lga olindi