19:48 / 08.05.2021
3 274

Germaniyada kutilmaganda qor yog‘di (video)


Foto: Twitter
Germaniyada mamlakatning g‘arbiy va sharqiy hududini qalin qor qopladi. Bu haqda BZ Berlin nashriga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

Germaniya meteorologiya xizmati bunday ob-havodan hayratda qoldi. Ular prognozlar yomg‘irini ko‘rsatgani, ammo kutilmaganda qor yog‘ganini aytdi. Sinoptiklar 10 may kuni Berlin aholisiga Selsiy bo‘yicha 26 daraja iliq ob-havo va’da qilmoqda.
Ayni paytda Berlinda havo harorati Selsiy bo‘yicha 10 darajani tashkil etmoqda, yerga tushgan qor darhol erib ketgan.
Shuningdek, Germaniyaning sharqiy va g‘arbiy qismidagi Potsdam, Brandenburg, Zolingen, Dortmund va boshqa shaharlarga ham qor yog‘di.



Eslatib o‘tamiz, Germaniya 2021 yil fevral oyida sovuq havo va qor yog‘ish bo‘yicha o‘z rekordlarini yangiladi. Mamlakatning Myulxauzen shahrida 10 fevral, chorshanba kuni kechasi 26,7 daraja sovuq havo qayd etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada kutilmaganda qor yog‘di (video)