20:20 / 08.05.2021
2 379

Xomanaiy Isroilni «terrorchilar bazasi» deb atadi

Xomanaiy Isroilni «terrorchilar bazasi» deb atadi

Foto: NBC News
Isroil davlat deb emas, balki terrorchilar bazasi sifatida qaralishi kerak, deb ta’kidladi Eronning oliy diniy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

«Isroil davlat emas, balki Falastin xalqiga va boshqa musulmonlarga qarshi harakat qilayotgan terrorchilar bazasi», — dedi Xomanaiy o‘zining telemurojaatida.

U 1970 yillarning oxirida Eronda falastinliklar bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Al-Quds» birdamlik kuni munosabati bilan nutq so‘zladi.

Oxirgi vaqtlarda Eron va Isroil o‘rtasidagi qarama-qarshilik yana avj oldi. Eron Oyatulloh Xomanaiyning asosiy falsafiy ta’limoti asosida Isroil bilan targ‘ibot kurashini olib bormoqda. Shu bilan birga, Eron Yaqin Sharqda, xususan, Suriyada o‘z faoliyatini kuchaytirdi hamda yadro dasturi ustida jadal ishlay boshladi. Bunga javoban Isroil ham Eronga qarshi siyosatini faollashtirmoqda.

11 aprel kuni shahid Ahmadi Roshan nomidagi elektr taqsimlash majmuasida noxush hodisa sodir bo‘ldi. Eron Atom energiyasi tashkilotining rahbari Ali Akbar Solihiy tizimdagi nosozlik «yadroviy terrorizm»ning namoyishi ekanini aytdi, lekin aniq kuchlarni sabotaj qilishda ayblashdan tiyildi.

Jerusalem Post gazetasi gap, katta ehtimol bilan, ortida Isroilning «Mossad» razvedkasi turgan kiberhujum haqida ketayotganini ma’lum qildi.

Hodisadan bir kun oldin Eron ushbu yadro inshootida uranni boyitish jarayonini faollashtirish mumkin bo‘lgan ilg‘or sentrifugalarni ishga tushirish to‘g‘risida e’lon qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Xomanaiy Isroilni «terrorchilar bazasi» deb atadi