10:23 / 10.05.2021
2 236

Ilon Mask ruhiy muammosi borligini aytdi


Foto: Reuters
Amerikalik milliarder va tadbirkor Ilon Mask ruhiy buzilish – Asperger sindromidan aziyat chekishini tan oldi. Ushbu muammo ijtimoiy muloqotdagi qiyinchiliklar bilan ifodalanadi.
Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi bu haqida NBC telekanalidagi Saturday Night Live musiqiy-hajviy dasturga boshlovchilik qilganda
ma’lum qildi.

Men uchun Saturday Night Live boshlovchisi bo‘lish katta sharaf. Bugungi chiqishim – tarixiydir, chunki men ushbu dasturning Asperger sindromiga ega birinchi boshlovchisi bo‘laman. Juda bo‘lmasa, buni tan olgan birinchi boshlovchisiga aylanaman”, deb aytgan Mask.

U kirish nutqida Twitter’dagi sahifasida turlicha qabul qilinuvchi narsalar to‘g‘risida tez-tez yozishi haqida hazillashgan.
Miyam shunday ishlasa nima qilay?”, deb aytgan tadbirkor.

Men elektroavtomobillarni qaytadan ixtiro qildim va fazoviy kemalarda Marsga odamlarni jo‘natmoqchiman. Siz shuncha qobiliyatim bilan meni oddiygina vazmin yigit, deb o‘ylaganmidingiz?”, deb hazillashgan Mask.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Asperger sindromidan aziyat chekuvchilar o‘z his-tuyg‘ularini an’anaviy usulda ifodalashda qiynaladilar, ularda ijtimoiy muloqotda va atrof-muhitni idrok qilishda muammolar yuzaga keladi. Bu sindromga ega odamlardan aksariyati bor diqqat-e’tiborini o‘zlarining aniq bir qiziqishlariga qaratib, bu qiziqishlari atrofida muvaffaqiyatli faoliyat yuritadilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask ruhiy muammosi borligini aytdi