02:33 / 10.05.2021
1 246

Putin: Sovet xalqi natsizmga tarixiy hukm e’lon qilgan va "jigarrang vaboni" yenggan

Putin: Sovet xalqi natsizmga tarixiy hukm e’lon qilgan va "jigarrang vaboni" yenggan

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin veteranlar, harbiylar va barcha rossiyaliklarni G‘alaba Kuni bilan tabrikladi.
"Hurmatli Rossiya fuqarolari, aziz veteranlar, o‘rtoq askarlar va matroslar, serjantlar va starshinalar, michmanlar va praporshchiklar, o‘rtoq ofitserlar, generallar va admirallar, sizlarni G‘alaba Kuni bilan tabriklayman!", - dedi Putin G‘alabaning 76 yilligi sharafiga tashkillashtirilgan bosh harbiy paradda chiqishi vaqtida.

"Biz bu buyuk qahramonlikni aynan sovet xalqi amalga oshirganini hamisha yodimizda saqlaymiz. Urushning eng og‘ir davrida, fashizmga qarshi kurash natijalarini belgilab bergan hal qiluvchi janglarda, G‘alaba sari bo‘lgan mashaqqatli, mardonavorlik va fidoyilik talab qiluvchi yo‘lda bizning xalqimiz yakka yolg‘iz edi", - deb bayonot qildi Rossiya prezidenti.

"Sizlarni G‘alaba kuni bilan tabriklayman. Butun dunyo taqdiri uchun ulkan, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan G‘alaba - Rossiya, bizning xalqimiz uchun muqaddas bayram bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi", - deya qo‘shimcha qildi Putin.

"Bu bayram natsizmni mag‘lubiyatga uchratgan, tor-mor qilgan - biz hurmat qiladigan va faxrlanadigan ajdodlarimiz bilan qarindoshlik huquqi tufayli, g‘oliblar avlodi, g‘oliblar merosxo‘rlari bo‘lganimiz uchun ham biznikidir", - dedi Rossiya prezidenti.

Putin aynan sovet xalqi natsizmga tarixiy hukmni e’lon qilib, aynan sovet xalqi "jigarrang vaboni" yengganligini eslatib o‘tdi.

"Urush shunchalik ulkan chidab bo‘lmas sinovlar, qayg‘u va ko‘z yoshlar olib kelganki, bularni hech qachon xotiradan o‘chirib bo‘lmaydi. Va o‘z agressiv rejalari, antisemitizm va rusofobiyani yana hayotga tatbiq etishni ko‘zlayotganlar kechirimga loyiq emas", - deb qo‘shimcha qildi RF rahbari.

Rossiya izchillik bilan xalqaro huquqni himoya qilmoqda, o‘z milliy manfaatlari va xalqi xavfsizligini qat’iylik bilan himoya qiladi, deb bayonot qildi Vladimir Putin.

Ulug‘ Vatan urushida erishilgan G‘alabaning 76 yilligiga bag‘ishlangan bosh harbiy parad yakshanba kuni Rossiya poytaxtida 12 ming harbiy xizmatchilar, 190dan ortiq harbiy texnika va 76ta vertolet va samoletlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Putin: Sovet xalqi natsizmga tarixiy hukm e’lon qilgan va "jigarrang vaboni" yenggan