07:30 / 11.05.2021
5 184

Odamzod yana bir qonxo‘r qotildan qutuldi


Foto: «Zlodei-i-maniaki.ru»
Fransiyada oxirgi o‘n yilliklarning eng qonxo‘r qotillaridan biri olamdan o‘tdi. Mishel Furnirening o‘limi haqida BFMTV telekanali xabar berdi.

«Ardennalik manyak» laqabi bilan tanilgan Furnire 2008 yil may oyida rafiqasi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. U 1987-2003 yillar davomida Fransiya va Belgiyada kamida yetti qizning qotilligida aybdor deb topilgan.

Telekanalning ma’lum qilishicha, jinoyatchi o‘zi bilan ko‘plab sirlarni olib ketdi — endi politsiya 2003 yilda uyidan chiqib, qaytib kelmagan 9 yoshli qizchaning qoldiqlarini topishga urinmoqda. Furnire bu qotilligi haqida bir yilcha oldin aytib bergandi.

Jinoyatchining sog‘lig‘i murdani qidirishga imkon bermadi. Qotilning puxta rejasi bo‘lgan — u rafiqasi bilan birga qizlardan yo‘l ko‘rsatishlarini so‘rashgan va ularni mashinaga taklif etishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Odamzod yana bir qonxo‘r qotildan qutuldi