23:53 / 11.05.2021
2 726

Olimlar Quyosh tizimida yangi subneptun sayyorani aniqladi


Foto: NASA
Quyosh tizimida o‘lchami jihatidan Yerdan uch barobar katta yangi subneptun sayyorasi aniqlandi. Bu haqda Fransiyadagi Grenobl-Alp universiteti astronomlariga tayanib, Hi-Tech.Mail.ru xabar berdi. M mitti sayyorasi atrofida aylanadigan yangi ekzosayyora TOI-269 b nomini olgan.

TOI-269 b Yerdan taxminan 186 yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan. U o‘lchami va boshqa tavsiflari sabab subneptun toifasiga kiradi. Subneptun deya radiusi yerdan katta, biroq zichligi kamroq bo‘lgan sayyoralarga aytiladi. Bu kabi sayyoralar, shuningdek, «ota-ona yulduzlar»ga juda yaqin joylashadi va ularning ta’siriga — radiatsiyasiga duchor bo‘ladi.

Xususan, yaqinda aniqlangan «o‘zga olam» Yerdan 8,8 barobar massivroq va o‘z yulduzi atrofida har 3,7 kunda aylanadi. Kuzatuvlar TOI-269 b «ota-ona yulduzlari»dan taxminan 0,0345 astronomik birlikka ortda qoladi, sayyora harorati esa Selsiy bo‘yicha 257 darajani tashkil etadi.

Qiziq jihati, mazkur ekzosayyoraning zichligi shu turdagi kosmik ob’ektlarnikidan sezilarli darajada past. Bu uchar birikmalar aralashmasidan iborat qobiqdan dalolat berishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar Quyosh tizimida yangi subneptun sayyorani aniqladi