11:00 / 13.05.2021
1 979

Buyuk Britaniya xavfsizlik va mudofaa strategiyasini qayta ko‘rib chiqadi


Buyuk Britaniyada tez orada «xorijiy davlatlarning dushmanlik faoliyatiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qo‘shimcha qonun qabul qilinadi. Bu haqda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II parlamentning har ikki palatasiga qilgan murojaati chog‘ida ma’lum qildi. U so‘zlagan nutqning matni bosh vazir Boris Jonsonning devonxonasi tomonidan tarqatildi, deb yozmoqda «Korrespondent.net».

Hujjatga ko‘ra, gap «davlatga qilinayotgan tahdidlarga qarshi turish» (Counter-State Threats Bill), shuningdek, «telekommunikatsiya xavfsizligi» (Telecommunications (Security) Bill) to‘g‘risidagi qonunlar haqida ketmoqda.

Xavfsizlik va mudofaa strategiyasini har tomonlama ko‘rib chiqish
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi yaqin orada «xavfsizlik, mudofaa, rivojlanish va tashqi siyosat» sohasidagi strategiyalarni har tomonlama ko‘rib chiqadi.

Qirolicha Yelizavetta II ning qayd etishicha, hukumat mamlakat Qurolli Kuchlari uchun «xarajatlarning eng katta o‘sishi»ni rejalashtirgan, bu esa «modernizatsiya dasturini ilgari surish va Buyuk Britaniyaning NATO oldidagi majburiyatlarini kuchaytirishni o‘z ichiga oladi».

London yadroviy imkoniyatlar chegarasini oshiradi
Mart oyining o‘rtalarida bosh vazir Boris Jonson mamlakatning yadro salohiyati chegarasi 180 dan 260 jangovar kallakkacha ko‘tarilishini e’lon qilgan edi, bu haqda, xususan, Brexit’dan keyin mamlakat mudofaasi va tashqi siyosatining sharhida aytib o‘tilgan. Bu «xavfsizlik muhitining o‘zgaruvchanligi hamda keng ko‘lamli texnologik va doktrinali tahdidlar mavjudligi» tufayli zarur hisoblanadi, deyiladi hujjatda. Ushbu maqsadlar uchun hukumat Qurolli Kuchlarni modernizatsiya qilish uchun yo‘naltirishni rejalashtirayotgan 24 milliard funt sterlingning bir qismi ajratiladi.

Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Britaniyaning hamjamiyatdan chiqib ketishi (Brexit) bo‘yicha barcha rasmiyatchiliklarni yakunladi. Tomonlar o‘rtasida savdo va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi 2020 yil dekabr oyida Brexit’dan keyingi o‘zaro hamkorlik shartlarini kelishib olgan va Birlashgan Qirollik 2021 yil 1 fevral kuni 47 yillik a’zolikdan so‘ng Yevropa Ittifoqini tark etgan. Yanvar oyida Bloomberg nashri Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqish haqidagi qarori mamlakat iqtisodiyotiga 132,8 milliard funt sterling (173,8 milliard dollar)ga tushganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniya xavfsizlik va mudofaa strategiyasini qayta ko‘rib chiqadi