15:08 / 15.05.2021
4 463

Turk aktyori O‘zjan Denizning o‘g‘liga qaraydigan o‘zbekistonlik enaga aktyor oilasidagi vaziyat haqida gapirdi

Turk aktyori O‘zjan Denizning o‘g‘liga qaraydigan o‘zbekistonlik enaga aktyor oilasidagi vaziyat haqida gapirdi

Foto: Yasemin.com
O‘zbekistonlik Naz ismli ayol turk matbuotiga bergan intervyusida aktyor O‘zjan Denizning hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni ma’lum qildi. Bu haqda «RusTurkey.com» xabar berdi.

Qayd qilinishicha, u aktyorning o‘g‘liga enagalik qilgan. O‘zjan Deniz rafiqasi bilan ajrashganidan keyin Naz Feyzaga o‘g‘lini tarbiyalashda yordam bergan.

Feyza o‘g‘liga O‘zjanni bobo deb atashni o‘rgatgan. Har safar otasi telefon qilganida, «Qara, bobong qo‘ng‘iroq qilyapti», — degan u. Nima bo‘layotganini tushunmagan aktyor o‘g‘li nima uchun unga bunday murojaat qilayotganini hayron bo‘lgan.
Reklamani yopish

«Feyza ko‘pincha bizni pul, ovqatsiz qoldirib, kechasi chiqib ketar va yarim tunda qaytib kelardi. Agar O‘zjanga biror narsa desam, meni bo‘shatib yuborishini aytib, tahdid qilgan», — degan ayol.

Naz Feyza bir necha marta turmushga chiqqani va bolaning tug‘ilishi uning xatosiligini ta’kidlagani, shuningdek, u o‘g‘lini yaxshi ko‘rmasligi, bola unga kerakmasligini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Naz O‘zjan Denizning sobiq rafiqasi uni kaltaklaganini aytgan. Bunga aksariyat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ishonmagan va ayolning ushbu gaplari juftlikning ajrashishi bilan bog‘liqligini taxmin qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Feyza Aktan sobiq turmush o‘rtog‘ini uni muntazam ravishda kaltaklaganlikda ayblagan. Aktyor bilan bog‘liq mojaro uning karerasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Turk aktyori O‘zjan Denizning o‘g‘liga qaraydigan o‘zbekistonlik enaga aktyor oilasidagi vaziyat haqida gapirdi