15:42 / 16.05.2021
1 223

Floridada harakatlanib ketayotgan Ford F-150’ni yashin urdi (foto)

Floridada harakatlanib ketayotgan Ford F-150’ni yashin urdi (foto)

Foto: Facebook / Walton County Fire Rescue
Florida shtati o‘t o‘chiruvchilari ijtimoiy tarmoqlarga mahalliy avtomobil yo‘llaridan birida sodir bo‘lgan holat tasvirlangan suratni e’lon qildi. Ford F-150 pikapi haydovchisi va yo‘lovchisi dovul vaqtida yo‘lda harakatlanib ketayotganida, avtomobil qarshisiga kutilmaganda yashin urib, asfalt bo‘lagi bo‘lagini ko‘chirib yuborgan, deb xabar beradi Motor.

To‘liq o‘lchamli pikap xavfsizlik tizimi, shuningdek, konstruksiyasining mustahkamligi bilan tanilgan. Biroq avtomobil biror o‘ziga xosligi dovul vaqtida avtotrassada sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisaning oldini olishga yordam bermagan.

Harakatlanayotgan F-150’ning oldida yashin urilgan. Natijada parchalangan asfalt bo‘laklari pikap salonini teshib o‘tgan.

Foto: Facebook / Walton County Fire Rescue
Yo‘l qoplamasi old oynadan kirib, orqa oynadan chiqib ketgan. Asfalt bo‘lagi haydovchi va yo‘lovchi o‘rtasidan uchib o‘tgani sabab ularga jarohat yetmagan. Shunga qaramay, ular shisha siniqlaridan olgan jarohati sabab shifoxonaga yetkazilgan.

Mutaxassislarning fikricha, yo‘lga urilgan yashin bir onda suvning bug‘lanishini hosil qilgan. Tabiat hodisasi kuchli portlash to‘lqinini yuzaga keltirgan va asfalt bo‘lagi asosiy massadan ajralib, pikap saloniga kirib borgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Floridada harakatlanib ketayotgan Ford F-150’ni yashin urdi (foto)