11:28 / 17.05.2021
3 081

Isroilda sinagoga tribunasi qulab tushdi (video)


Foto: «Jpost.com»
Isroilning Givat-Zeyev shahrida Hosidlar ibodatxonasi tribunasi qulab tushdi, u yerda juda ko‘p odam bo‘lgan, deb yozmoqda The Jerusalem Post.

Magen David Adom tez yordam xizmati shifokorlarining so‘zlariga ko‘ra, o‘nlab odamlar vayronalar ostida qolib ketgan. Taxminan 60 kishi jarohat olgan, ulardan bir qanchasining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Tribunaning qulash sabablari haqida hozircha xabar berilmagan.

Ayrim xorijiy OAV xabarlariga ko‘ra, bir kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Hodisa ibodat paytida yuz berdi, dedi Isroil politsiyasi vakili Mixeal Zingerman. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, jiddiy jarohatlanganlar yo‘q, besh-olti kishining ahvoli o‘rtacha, qolganlari yengil jarohat olishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroilda sinagoga tribunasi qulab tushdi (video)