15:31 / 19.05.2021
2 284

Hindistonda tarqalgan kasallik biz uchun qay darajada xavfli? Vrach izohi


Hindistonda kuzatilayotgan koronavirus infeksiyasi mukormikoz bilan birga kechishi o‘lim holatining ko‘payishiga sabab bo‘layotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. Bu biz uchun qanchalik havfli?
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva ushbu savolga javob berdi:
— Ha, afsuski, bugungi kunda dunyo bo‘yicha kasallik aniqlanayotganlarning 53 foizi Hindiston aholisiga to‘g‘ri kelayotgani JSST tomonidan e’tirof etilmoqda. Mukormikoz ham hindistonlik koronavirusga chalinganlar orasida aniqlanayotgani va o‘lim holatini kuchaytirayotgani to‘g‘risida ham ma’lumotlar bor.

Mukormikoz – bu zamburug‘lar turkumiga mansub infeksion omil bo‘lib, u issiq o‘lkalarda ko‘p uchraydi. Inson organizmida kasallik uchrashiga sabab immunitetning pasayishidir, ya’ni koronavirus infeksiyasi ham inson immunitetining pasayishiga kuchli ta’sir qilmoqda. Shu bois, koronavirus bilan kasallanganlarda ham mukormikoz kuzatilish holatlari uchrab turmoqda.

Olimlarning fikriga ko‘ra, ikkinchi omil antibiotiklarni uzoq muddat yoki noo‘rin qabul qilinishi immunitet pasayishiga ta’sir qiladi va bu o‘z o‘rnida mukormikoz rivojlanishini keltirib chiqarishi mumkin.

Inson organizmida mukormikoz, asosan, burun, tomoq va halqumda ko‘proq joylashishi ma’lum. Shu bois, aholimizdan doimiy ravishda karantin qoidalariga rioya qilishlarini talab qilamiz. Shu bilan birga vaksinatsiya kasallikdan himoyalovchi ishonchli omil ekanini yana bir bor ta’kidlaymiz.

Eslatib o‘tamiz, Hindistonda aniqlangan ushbu yangi kasallik Rossiya ham yetib kelgani aytilgandi.
Hindistonda esa 18 may kunining o‘zida 267 mingdan oshiq kishi koronavirus bilan kasallandi, 4525 kishi esa vafot etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda tarqalgan kasallik biz uchun qay darajada xavfli? Vrach izohi