00:00 / 20.05.2021
18 482

Qirg‘izistonda 440 kg giyohvand moddalar ortilgan yuk mashinasi qo‘lga olindi (video)


Foto: manas.news
Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 440 kg giyohvand moddalar yashirilgan maxsus maxfiy qutilar ortilgan yuk mashinasi qo‘lga olindi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlarining aytishicha, musodara qilingan geroinning qora bozordagi narxi 20 million dollardan oshadi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

Matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, giyohvand moddalar Yaqin Sharqdan O‘rta Osiyo hududi orqali Yevropa mamlakatlariga olib o‘tilayotgan bo‘lgan.

Mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi shu yo‘l bilan eng yirik xalqaro giyohvandlik kanallaridan biri to‘sib qo‘yilganini da’vo qilmoqda.

«Respublika mustaqilligi yillaridagi huquqni muhofaza qilish amaliyotida birinchi marta bunday yirik giyohvandlik kanalini yopish va rekord miqdordagi geroinni musodara qilishga erishildi», — deyiladi qo‘mita press-relizida.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining xabar berishicha, ushbu ish yuzasidan sudgacha bo‘lgan jarayonlar doirasida ikki nafar Qirg‘iziston fuqarosi hibsga olingan va giyohvand moddalar savdosida gumon qilinib, qo‘mitaning vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Hozirda giyohvandlik kanaliga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov-tezkor tadbirlar olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda 440 kg giyohvand moddalar ortilgan yuk mashinasi qo‘lga olindi (video)