09:16 / 20.05.2021
1 693

Fransiya prezidenti mamlakatda karantin yumshatilgani munosabati bilan kafega tashrif buyurdi


Foto: Twitter
Fransiyada bir qator karantin cheklovlarining bekor qilinishi munosabati bilan prezident Emmanuel Makron va bosh vazir Jan Kasteks Yelisey saroyi yaqinidagi kafe ayvoniga tashrif buyurdi.

«Biz shu yerdamiz! Kafelar peshayvoni, muzeylar, kinoteatrlar, teatrlar ... Keling, hayot tarzimizni tashkil etadigan narsalarni ortga qaytaraylik», — deb yozgan Makron Twitter’da va qisqa video joylashtirgan.

Videoda prezident va bosh vazir bir chashkadan qahva buyurtirgani, shuningdek, ularga niqobda xizmat qilgan ofitsiant bilan suhbatlashgani ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining oxirida Fransiyada koronavirus pandemiyasi tufayli qo‘yilgan cheklovlar yumshatila boshlandi.
Karantin yumshatilishining ikkinchi bosqichi 19 may kuni boshlandi. Unga ko‘ra komendantlik soati mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da kuchga kiradi (avval 19:00 da edi), restoran va kafelar, do‘konlar, muzeylar, attraksionlar, kinoteatrlar va teatrlarning tashqi qismi ochiladi, ammo tashrif buyuruvchilar soniga cheklovlar kiritilgan.

9 iyundan boshlab komendantlik soati yanada qisqartirilib, 23:00 dan boshlanadi, restoran va kafelar mehmonlarni bino ichida qabul qila boshlaydi. Chet ellik sayyohlarning Fransiyaga kirishi uchun ruxsat berilishi kutilmoqda.
Mamlakatda 2020 yil kuzidan boshlab amalda bo‘lgan komendantlik soatining bekor qilinishi 30 iyunga rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya prezidenti mamlakatda karantin yumshatilgani munosabati bilan kafega tashrif buyurdi