15:45 / 20.05.2021
2 537

Moskvadagi kafeda Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi


Foto: «RBK»
Moskvaning Vernadskiy prospektidagi kafeda sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv oqibatida olti kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, «RBK» xabar berdi.

Nashr aniqlik kiritishicha, janjal Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida kelib chiqqan, unda hammasi bo‘lib 15 kishi qatnashgan. «Milliy taomlar kafesida shaxsiy xusumat asosida kelib chiqqan mojaro maishiy xususiyatga aylangan», — deyiladi xabarda.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, 18 may kuni soat 23:09 da (Toshkent vaqti bilan, 19 may, soat 01:09) mojaro haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam xodimlari olti kishini kasalxonaga olib ketgan, militsiya xodimlari esa to‘qqiz nafar fuqaroni hibsga olgan.

Qayd etilishicha, ikki kishi Ma’muriy kodeksning 3-bo‘limi, 18/8-moddasi (chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan Rossiya Federatsiyasida bo‘lish rejimining buzilishi), bo‘yicha javobgarlikka tortildi. Bu jazo 7 ming rublgacha jarimani yoki yoki Rossiyadan ma’muriy chiqarib yuborishni o‘z ichiga oladi.

Yana yetti kishi Ma’muriy kodeksining 1-bo‘limi, 20/1-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha ayblandi. Unda 1000 rublgacha jarima yoki 15 kungacha ma’muriy qamoq jazosi nazarda tutiladi.

Tojikistonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot xizmati «TASS»ga xabar berishicha, konsullik xodimlari voqea yuzasidan politsiya bo‘limiga tashrif buyurgan. Ular olgan ma’lumotlarga ko‘ra, mushtlashuvda Tojikiston fuqarolari ishtirok etmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvadagi kafeda Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi