19:31 / 20.05.2021
2 338

Zelenskiy Putinga ta’rif berishdan bosh tortdi


Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ta’rif berishni rad etdi. U matbuot anjumanida «balandparvoz bayonotlar bilan nizo chuqurlashishiga» sababchi bo‘lsa, o‘zini kechirmasligini aytdi.

«Putin haqida o‘ylashga vaqtim yo‘q. Men faqat urushni tugatadigan uchrashuv to‘g‘risida o‘ylayapman. Shuning uchun Rossiya prezidentiga ta’rif berishga ehtiyotkorlik bilan yondashaman», — dedi Zelenskiy polshalik jurnalistning «Putin to‘g‘risida qanday fikrdasiz?» degan savoliga javoban.

O‘z navbatida, Putin ham Ukraina prezidentiga ta’rif berishni istamadi.
«Bunday savollarga javob berishdan doim qochaman. E’tibor bergan bo‘lsangiz, lavozimini tark etgan sobiq davlat rahbarlariga ham aslo ta’rif bermayman», — dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Putinga ta’rif berishdan bosh tortdi