10:56 / 24.05.2021
1 937

Eynshteynning maktubi 1,2 million dollarga sotildi (video)


Foto: «Zerkalo.az»
Bostondagi RR Auction auksionida fizik nazariyotchi Albert Eynshteynning E=mc2 formulasi tushirilgan maktubi 1 243 707 dollarga sotildi, deb xabar berildi auksion uyining saytida. Maktubning boshlang‘ich narxi 400 ming dollar etib belgilangan edi. Uni sotib olgan xaridor nomi ma’lum qilinmagan.

Maktub 1946 yilning oktabr oyida fizik olim Lyudvik Zilbershteyn manziliga yo‘llangan. Xatda massa va energiyaning ekvivalentligini aks ettiruvchi E=mc2 formulasi yozilgan edi. Bu dunyodagi eng mashhur fizik formulalardan biri hisoblanadi.
Dunyoda bu formulaning Eynshteynning o‘zi tomonidan yozilgan faqat to‘rt nusxasi mavjud.

Ma’lumot uchun, suvenirlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Prop Store kompaniyasi 29 iyun kuni Los-Anjelesda «sehrli» auksion o‘tkazadi. Kimoshdi savdolari 1 iyulga qadar davom etadi. Ta’kidlanishicha, suratga olish maydonchasida foydalanilgan 1200 dan ortiq buyum sotuvga qo‘yiladi.

Shuningdek, Amazon asoschisi Jeff Bezosga tegishli Blue Origin kompaniyasining 20 iyunda New Shepard kemasida kosmik sayyohlar uchun birinchi suborbital kuzatuv parvozini amalga oshirishi, kemadagi olti o‘rindan biri uch bosqichdan iborat besh haftalik onlayn auksionga qo‘yilishi haqida xabar berildi.

Christie’s auksion uyi esa bir yildan ortiq Xalqaro kosmik stansiya (XKS)da saqlangan bir shisha fransuz vinosini kimoshdi savdosiga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Hozircha vinoning boshlang‘ich narxi bir million dollarga baholanmoqda. Vino 14 oy o‘tib Yerga qaytarilgan va ichimlikni ta’tib ko‘rgan mutaxassislar vinoning ta’mi biroz o‘zgarganini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eynshteynning maktubi 1,2 million dollarga sotildi (video)