11:47 / 24.05.2021
1 902

Italiyada arqon yo‘li uzilib, kabina qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi


Foto: Facebook / @soccorsoalpinocnsas
Italiyadagi arqon yo‘li uzilib, yuk ko‘targich kabina qulab tushishi oqibatida jabrlangan bola kasalxonada vafot etdi. Shu tariqa, halokat qurbonlari soni 14 kishiga yetdi, deb yozadi «RBK».

ANSA ma’lumotlariga qaraganda, 13 kishi, shu jumladan, ikki yoshli bola voqea joyida halok bo‘lgan. To‘qqiz va besh yoshdagi ikki nafar bola og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan. Keyinroq ularning kattasi vafot etgan.

Kabina qulashi oqibatida jabrlangan to‘qqiz yoshli bola kasalxonada vafot etgani haqida Corriere della sera nashri ham xabar berdi. Besh yoshli bolaning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Avariya 23 may kuni yuz berdi. Arqon yo‘li uzilib ketishi oqibatida taxminan 20 metr balandlikdan ichida 15 kishi bo‘lgan kabina qulab tushdi. Dastlab 12 kishi halok bo‘lgani xabar berilgan edi.

Mahalliy Rainews24 telekanali xabariga qaraganda, yo‘nalish oxiriga yetay deb qolganida ko‘tarma yo‘l arqoni uzilib ketgan. Kabina borish qiyin bo‘lgan o‘rmonli joyga qulab tushgan, bu qutqaruv operatsiyasini murakkablashtirgan. Qutqaruvchilar kabinani yerda deyarli butunlay pachoqlanib, ostin-ustun bo‘lgan holda topgan.

Arqon yo‘li kabinasining sig‘imi 40 yo‘lovchiga teng. Arqon yo‘li qariyb 1,5 ming metr balandlikdan o‘tgan bo‘lib, Lago Majore ko‘li yaqinida joylashgan Streza aholi punktini Monterone tog‘i bilan bog‘laydi. Arqon yo‘li bo‘ylab sayr 20 daqiqa davom etadi.

Yo‘l 1970 yilda ochilgan. So‘nggi marta u 2014—2016 yillarda to‘liq ta’mirdan chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada arqon yo‘li uzilib, kabina qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi