17:13 / 24.05.2021
3 206

Rus suvosti kemalari chegaramizda... – Britaniya mudofaa vaziri


Rossiya suvosti kemalari Buyuk Britaniya sohili bo‘ylab izg‘ib yuribdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Ben Uolles ma’lum qildi. Ingliz mudofaa idorasi rahbari Rossiyani harbiy kemalarni muntazam ravishda Britan orollariga yuborishda ayblar ekan, bundan ko‘zlangan maqsad qirolikka qarshi operatsiya amalga oshirish ekanini ta’kidlagan.

O‘tgan yili Britaniya sohillarida 7 ta, 2021 yilda esa 27 ta, 2013 yildan buyon esa kamida 150 ta rus kemasi harakati qayd etilgan. Rus kemalari asosan Shimoliy dengiz va La-Mansh bo‘g‘ozida faollik ko‘rsatgan.

Odatda, bunday vaziyatlarda Britaniya flotiga tegishli harbiy kema raqib kema harakatini kuzatish yoki uni qo‘lga olish uchun safarbar etiladi.
«Ilgari Rossiyaga tegishli oddiy kemalar qadam ranjida aylar edi, endi esa rus harbiy kemalari ham o‘z tashrifi bilan bizni «mamnun» etmoqda», – degan mudofaa vaziri.

Ben Uolles Rossiyani vaziyatni qasddan taranglashtirishda ayblagan va o‘ylab harakat qilishga undagan. Mudofaa vaziri, ayni choqda, ushbu mamlakatni birinchi raqamli tahdid deb atagan.

Avvalroq  Buyuk Britaniyaning «The Mirror» gazetasi Rossiya yaqin muddatda yangi suvosti kemasidan foydalana boshlashi va ushbu xatarli kema sabab bir necha o‘n trillion funt sterlinglik moliyaviy operatsiyalar xavf ostida qolishi haqida yozgan edi.

Qayd etilishicha, «Kashalot» deb nomlangan suvosti kemalari dengiz ostiga – 3,2 km masofaga sho‘ng‘iydi. Ingliz harbiy-dengiz razvedkasi ushbu kema suv ostidagi kommunikatsiya kabellariga zarar yetkazishi mumkinligidan xavotirlanmoqda. Gap shundaki, suv ostidagi 400 ga yaqin kommunikatsiya tarmoqlari orqali kuniga 8 trillion funt sterlinglik moliyaviy tranzaksiyalar amalga oshiriladi. Umuman, suvosti kommunikatsiya tarmoqlari dunyo iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etadi.

Masalan, veb ma’lumotlarning 90 foizi ummonlar ostidan o‘tgan kabellar orqali uzatiladi.
Farazlarga ko‘ra, kommunikatsiya kabellari bilan birga energiya quvulari ham hujumga uchrashi mumkin. Bu esa nafaqat iqtisodiyot, balki ekologiyaga ham ulkan zarar keltiradi.

«Daily Express» nashri esa joriy yil mart oyida Buyuk Britaniya tashqi razvedka xizmatining 100 ga yaqin xodimi Londondan Shotlandiyaga safarbar qilingani, ingliz maxsus xizmati Rossiya josuslari fitna hozirlayotganidan xavotirda ekani haqida yozdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rus suvosti kemalari chegaramizda... – Britaniya mudofaa vaziri