08:57 / 25.05.2021
2 341

Bu mamlakat YEIda birinchi bo‘lib COVID-19ga qarshi jamoaviy immunitetga erishdi


Foto: «Depositphotos / liubovterletska»
Malta koronavirusga qarshi jamoaviy immunitetga erishdi, aholining 42%i to‘liq immunizatsiyadan o‘tgan, deya sog‘liqni saqlash vaziri Kris Fernga tayanib «Times of Malta» xabar beradi.

«Bugun biz jamoaviy immunitetga erishdik. Vaksina — virusga qarshi qurol», — deya Fern so‘zlarini keltirmoqda gazeta.

Shuningdek, vazir dushanba kuniga kelib mamlakat aholisining 70 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning hech bo‘lmaganda bitta dozasi bilan emlanishini ta’kidladi. Iyul oyidan boshlab to‘liq immunizatsiyadan o‘tganlar uchun tashqarida niqob taqish majburiy bo‘lmaydi. Kasalliklar soni kamayishiga qarab cheklovlar yanada yumshatilishi rejalashtirilmoqda. Yaqin kunlarda vaksinatsiya sertifikatlarini joriy etish ham ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bu mamlakat YEIda birinchi bo‘lib COVID-19ga qarshi jamoaviy immunitetga erishdi