14:38 / 25.05.2021
4 622

Jazirama kunda sovuq suvda cho‘milayotgan qirollik kobrasi (video)


Kadr: YouTube
Internetda qirollik kobrasini cho‘miltirayotgan hindistonlik erkakning videosi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.

Ilonlar — qo‘rqinchli jonzot. Ayniqsa, gap zaharli qirollik kobralari haqida ketganda. Ammo Hindistonning ayrim aholisi bu kabi xavfi qo‘shnilar bilan yashashga o‘rganib qolgan va ular bilan til topishishga ham ulgurgan. Ayrimlar esa hatto ilonlarga g‘amxo‘rlik ham qiladi.

Reddit tarmog‘ida e’lon qilingan video bir vaqtning o‘zida odamni ham hayratga, ham qo‘rquvga soladi: ilonlar bo‘yicha shu kabi mutaxassislardan biri jazirama kunda qirollik kobrasini cho‘miltirib qo‘ygan. U paqirdan ilonning ustiga sovuq suv quyib, keyin ehtiyotkorlik bilan uning boshini ushlab ko‘rgan. Hali issiq ekaniga ishonch hosil qilgach, yana suv quygan. Bu vaqtda esa ilon xotirjamlik bilan suvdan bahra olmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jazirama kunda sovuq suvda cho‘milayotgan qirollik kobrasi (video)