20:14 / 25.05.2021
4 386

Harbiylar suv ostida juda tez harakatlanuvchi noma’lum jismni aniqlashdi (video)


Foto: «Pinterest.ru»
AQSH harbiy-dengiz floti suv ostida «tez harakatlanuvchi sirli ob’ektni» aniqladi. Ularni na ekspertlar, na zamonaviy texnologiyalar izohlasha olmayapti, deb yozadi The Mirror.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika suvosti kemalari gidrolokator yordamida noma’lum jismni qayd etishgan. Vaqti va joyi to‘g‘risida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Ushbu xabarlar video e’lon qilingandan bir hafta o‘tgach paydo bo‘ldi, unda Amerika harbiy-dengiz kuchlariga qarashli USS Omaha kemasi yonida qandaydir qora jismni payqashgani aytilmoqda. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Pentagon bu 2019 yilda sodir bo‘lganligini tasdiqlagan.

The Mirror oydinlik kiritishicha, noma’lum jism qayd etilgan kadrlar rasmiy tekshiruvlar jarayonida internetda tarqalib ketgan. Bu to‘g‘ridagi hisobotni Milliy razvedka direktori Jeyms Vulsi va AQSHning boshqa idoralari iyun oyida Kongressga taqdim etishi kerak bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Harbiylar suv ostida juda tez harakatlanuvchi noma’lum jismni aniqlashdi (video)