15:53 / 26.05.2021
2 436

Yaponiyada ikkita qovun auksion orqali 25 ming dollarga sotildi


Foto: AFP
Yaponiyada har yili o‘tkazish an’anaga aylangan yubari qovunlari auksionida bir juft poliz mahsulotlari 25 ming dollarga sotildi,  deb xabar beradi Esquire.

Qovunlardan bolalar uchun oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi Hokkaido Products Ltd. cotib olgan. Kompaniya qovunlarni muzlatib qo‘yadi va ularning bo‘laklarini ijtimoiy tarmoqlar orqali lotereya tarzida aniqlangan oilalarga yuboradi. «Yubari qovunlari bilan og‘ir pandemiya davrida insonlar kayfiyatini ko‘tarishni istaymiz», — deydi kompaniya vakillari.

Odatda yubari qovunlarining birinchi auksioni yoz kelganidan dalolat beradi. Yubari delikates hisoblangani sabab ularning narxi 50 dollardan boshlanadi. 23 maydan buyon Xokkaydo prefekturasida jami 466 ta shu kabi qovunlar yig‘ib olingan.
Qovunning auksiondagi rekord narxi 2019 yilda qayd etilgan — 36 ming dollar. 2020 yilda pandemiya sabab yubari 1100 dollarga sotilgan edi.

Koronavirus cheklovlari bois mamlakat fermalarida yubarini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi xorijlik ishchilar kela olmagan, shunga qaramay, qovun ishlab chiqarish orqali ushbu mavsumda 2,2 milliard iyena (20 million dollar) ishlab topish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada ikkita qovun auksion orqali 25 ming dollarga sotildi