18:10 / 28.05.2021
2 356

Peskov: «Putin Lukashenkodan kechirim so‘ramagan»


Foto: «RIA Novosti»
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Vladimir Putin Belarus haqida AQSH prezidenti Jo Bayden bilan gaplashgani uchun go‘yoki undan kechirim so‘ragani haqidagi so‘zlariga izoh berdi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu shunchaki tasviriy vosita edi. Rossiya prezidenti kechirim so‘ramagan, balki beloruslik hamkasbini muhokama mavzusidan xabardor qilgan, xolos.

«Putin vijdonan ish qildi. Menga qo‘ng‘iroq qilib, Belarusni ruxsatimsiz muhokama qilgani uchun uzr so‘radi», — degan edi Lukashenko.

«Bilasizki, qoidaga ko‘ra, uchinchi davlat rahbarini xabardor qilmasdan turib, o‘sha davlat yoki uning yetakchisini muhokama qilish xalqaro amaliyotda maqbul ish emas. Shuning uchun buni bevosita kechirim so‘rash sifatida qabul qilmaslik kerak, aksincha bu shunchaki tasviriy vosita edi. Prezident Putin g‘oyatda boadab, u belaruslik hamkasbini ushbu mavzuga to‘xtalib o‘tilgani to‘g‘risida xabar berishni zarur deb bildi», — dedi Peskov.

Avvalroq Kreml Putin va Lukashenkoning uchrashuvi 28 may kuni Sochida bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergandi. Xabarga ko‘ra, bo‘lajak uchrashuvda ikki mamlakat rahbarlari Belarus iqtisodiyotining ahvoli haqida gaplashadi.

Shuningdek, aprel oxirida Moskvada Putin va Lukashenko 4 soatlik muzokara o‘tkazgan edi. Ta’kidlanishicha, ular iqtisodiy masalalarni muhokama qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peskov: «Putin Lukashenkodan kechirim so‘ramagan»