10:26 / 31.05.2021
1 764

Ispaniyada koronavirusni ko‘z tasviri orqali aniqlovchi texnologiya ishlab chiqildi


Buning uchun tamaddixonaga kirish joyida mijozlarga faqatgina ko‘zni suratga oluvchi maxsus ko‘zoynaklar berilgan. So‘ngra sun’iy ong maxsus algoritmlar yordamida olingan tasvirni tahlil qilgan. RTVE telekanalining xabar berishicha, natijani olish uchun bor-yo‘g‘i 3 soniya talab etiladi.

Ispaniya, AQSH va Xitoy olimlarini birlashtirgan OcuTech deb nomlangan ushbu loyiha rahbari Paula Bonedning ta’kidlashicha, olimlar bir necha oylik tadqiqotlardan keyin koronavirusga xos alomatlar ko‘zlarda aks etishini aniqlashgan. Uning ta’kidlashicha, shifokor va muhandislarning birgalikdagi sa’y-harakatlari evaziga ko‘zlarda aynan koronavirus keltirib chiqaradigan shamollash jarayonini aniqlovchi algoritm ishlab chiqilgan.

Texnologiya olingan tasvirni tahlil qilib, odamda koronavirus bor-yo‘qligini prognoz qiladi. Suratlar tahlildan keyin yo‘q qilib yuboriladi, sinaluvchiga esa koronavirusga tezkor test topshirish taklif etiladi.

Ushbu texnologiyani taqdim etgan Innoarea Projects kompaniyasi direktori Alfonso Sorianoning ta’kidlashicha, virusni tekshirishning bunday usuli gavjum joylar: aeroport, ko‘ngilochar markazlar, mehmonxona va restoranlar uchun juda mos keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniyada koronavirusni ko‘z tasviri orqali aniqlovchi texnologiya ishlab chiqildi